O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Poytaxtimizda "Dadam betob" badiiy filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi

2017-01-23 | Madaniyat

Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida "O‘zbekkino" milliy agentligi tomonidan suratga olingan "Dadam betob" badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi. 

Mamlakatimizda yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish, ularni milliy hayot tarzimizga zid bo‘lgan g‘oyalardan ishonchli himoyalash, bunda keng jamoatchilik, ayniqsa, ijodkor ziyolilar mas’uliyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. 

"Sog‘lom ona va bola yili" Davlat dasturi doirasida suratga olingan yangi badiiy filmda mushfiq ayol boshiga tushgan hayot sinovlari, iroda, qat’iyat va sabot, mehr-oqibat, insoniylik fazilatlari har qanday sharoitda ham turli tanazzullarni yengishi, salbiy holatlardan asrashi haqida hikoya qilinadi. 

Kartinani tomosha qilish asnosida bugungi tinch va osoyishta kunlarimiz, mamlakatimizda hukm surayotgan barqarorlik eng oliy ne’mat, shukronalik tuyg‘usi bilan yashash, osuda hayotimizning qadriga yetish har birimizning burchimiz ekaniga yana bir karra iqror bo‘lish mumkin. 

Rejissyor Zulfiqor Musoqovning filmida asosiy rollarni Yulduz Rajabova, Feruza Saidova, Farhod Abdullayev singari aktyorlar ijro etgan. Postanovkachi operator – Aziz Arziqulov. 

Поделиться