O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent viloyatida bo‘shab qolgan o‘ringa Oliy Majlis Senati a’zosi saylovi bo‘lib o‘tdi
2017-01-21 | Saylov
Joriy yilning 21 yanvar kuni Chirchiq shahridagi "Kimyogarlar" madaniyat saroyida Xalq deputatlari Toshkent viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa Oliy Majlis Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
Qo‘shma majlisda viloyat davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari, Markaziy saylov komissiyasi a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirni Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov kirish so‘zi bilan ochdi.
Yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra, Toshkent viloyati hokimi, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi Shukurullo Boboyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib saylandi.
Farhod Tolipov,