O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2016-yildagi faoliyati sarhisob qilindi

2017-01-21 | Madaniyat

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2016-yil yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi. 

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi M.Ahmedov va boshqalar ijod ahli har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganini alohida ta’kidladi. Adiblarimiz mamlakatimizda yuz berayotgan tarixiy o‘zgarishlarni, Vatanimiz obro‘sini ulug‘layotgan yurt farzandlari jasoratini o‘z asarlarida tarannum etishga harakat qilmoqda. 

2016-yilda poytaxtimizda yashab ijod qilayotgan yuzga yaqin taniqli adiblar viloyatlarda ijodiy safarlarda bo‘ldi. 

Ulug‘ ajdodlarimiz Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi, Mustaqillik bayrami, o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun, Konstitutsiyamiz qabul qilinganining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan mamlakatimiz hududlarida tashkil qilingan adabiy uchrashuvlar, anjumanlar, targ‘ibot tadbirlarida yozuvchi va shoirlar faol qatnashdi. 

An’anaviy “Iste’dod maktabi” seminarida yosh ijodkorlarning nazm, nasr, badiiy publitsistika, tarjima, dramaturgiya va bolalar adabiyoti yo‘nalishlaridagi ijodiy ishlari keng muhokama qilindi. 

Vatanimiz mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlangan “Ming bir ibratli hayot” kitobi, iste’dodli yosh shoirlarning “Biz – istiqlol farzandlarimiz”, yosh tarjimonlarning “Bahor bulbullarining chah-chahi” bayozlari nashrdan chiqdi. “Birinchi kitobim” loyihasi doirasida 11 iste’dodli yosh ijodkorning ilk kitoblari chop etildi. 

Prezidentimizning 2016-yil 7-dekabrdagi “O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80-yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori asosida mamlakatimizdagi ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli adib va olimlar, san’atkorlar ishtirokida shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan uchrashuvlar, adabiy kechalar, seminarlar o‘tkazildi. 

Yig‘ilishda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, viloyatlardagi hududiy bo‘linmalar faoliyatini yanada kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi. 

Поделиться