O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqandda maishiy chiqindilarni boshqarish bo‘yicha 2017-2019-yillarga mo‘ljallangan loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2017-01-21 | Ekologiya

Samarqand viloyati hokimligida Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan Samarqand shahrida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishni modernizatsiya qilish bo‘yicha loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari O.Ochilov, Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Violen Biyet de Vilmor xonim mazkur loyiha Samarqand shahrida ekologik va sanitar-epidemiologik holatni barqarorlashtirish, atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash, ulardan samarali foydalanishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. 

Keyingi ikki yilda Fransiya taraqqiyot agentligi, “Naldeo” kompaniyasi va “Ta’mirloyiha” loyiha instituti tomonidan loyihani tayyorlash va ishlab chiqish bo‘yicha texnik ishlar bajarildi. Hudud o‘rganilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilandi. Ishlab chiqilgan texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati 37,1 million yevro bo‘lib, uning 23,5 millioni Fransiya taraqqiyot agentligi krediti hisoblanadi. 

– 2017-2019-yillarga mo‘ljallangan loyiha Samarqand shahrida eng ilg‘or tajribalar va jahon andozalariga muvofiq maishiy chiqindilarni samarali va uzoq muddatli yaxlit boshqarish tizimini yaratishga qaratilgan, – deydi Fransiya taraqqiyot agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Rafael Jozan. – Unda chiqindilarni boshqarishning barcha ishlari, ularni yig‘ish, qayta ishlash va utilizatsiya qilishni moliyalashtirish qamrab olingan. Jumladan, 200 ga yaqin chiqindi yig‘ish punkti qurish va ta’mirlash, 70 chiqindi yig‘ish transporti xarid qilish, qattiq maishiy chiqindilarni turlarga ajratish va ularni ko‘mish markazlarini tashkil etish rejalashtirilgan. Loyiha bo‘yicha ko‘zda tutilgan qattiq maishiy chiqindilarni texnik ko‘mish markazidan biogaz ishlab chiqaruvchi bioreaktor sifatida foydalanilib, olingan gaz chiqindilarini yig‘ish transportlariga quyiladi. Shu kabi jihatlari bilan mazkur loyiha Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi hisoblanadi. 

Taqdimotdan so‘ng fransiyalik mehmonlar va hamkor tashkilotlar vakillari loyiha amalga oshiriladigan hudud, shahardagi chiqindi yig‘ishga ixtisoslashgan korxonalar va chiqindi yig‘ish punktlari faoliyati bilan tanishdi. 

Поделиться