O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Namanganda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

2017-01-21 | Iqtisodiyot

Namanganda viloyat, shahar va tuman hokimliklari mas’ul xodimlari, prokuratura, ichki ishlar, bank, moliya, soliq, bojxona idoralari rahbarlarining kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi B.Parpiyev, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.Abdullayev, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.Azizov va boshqalar mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama rivojlantirish va ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi. 

Tadbirda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash borasida yaratilayotgan keng imkoniyatlardan viloyatda nechog‘li unumli foydalanilayotgani, erishilayotgan natijalar va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi. 

Bugungi kunda viloyatda 16 ming 500 dan ziyod tadbirkorlik subyekti faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning yalpi hududiy mahsulot va eksportdagi ulushi yildan-yilga ortib bormoqda. Eksport yo‘nalishida ularning hissasi 69 foizni tashkil etib, o‘tgan yilda 150 million dollarlik mahsulot tashqi bozorga chiqarildi. 

Viloyatda tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishiga to‘sqinlik qilish hollari ham uchrab turibdi. Bu ro‘yxatga olishda hujjatlarni rasmiylashtirish, yer ajratish, kredit olish kabi tashkiliy masalalarda ko‘zga tashlanmoqda. Tahlillarga ko‘ra, bunday muammolarning kelib chiqish sabablari tadbirkorlar va ularga xizmat ko‘rsatuvchi davlat idoralari xodimlarining huquqiy savodxonligi bilan bog‘liq. 

Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyati va mazkur hujjat ijrosini ta’minlashdagi muhim vazifalar, bu borada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar yuzasidan fikr almashildi. Turli sabablar bilan o‘z faoliyatini to‘xtatib qo‘yishga majbur bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan fuqarolarga amaliy yordam berish, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini bank terminallari bilan ta’minlash, bitiruvchi yoshlar, xotin-qizlar bandligi, kasanachilik, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha mutasaddilar oldiga aniq vazifalar qo‘yildi. 

Muloqotda tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob qaytarildi, zarur huquqiy maslahat berildi. 

Tadbirda Namangan viloyati hokimi X.Bozorov so‘zga chiqdi. 

Поделиться