O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Zamonaviy texnologiya – samaradorlik omili

2017-01-21 | Iqtisodiyot

Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi va O‘zbekiston Fermerlari kengashi hamkorligida qishloq xo‘jaligi sohasiga zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini keng tatbiq etish, ekin maydonlarini tomchilab sug‘orish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

Toshkent davlat agrar universiteti rektori B.Sulaymonov va boshqalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilayotgan doimiy e’tibor suvni tejash hamda mintaqamizda ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 30-dekabr kuni mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashuvda barcha sohalar qatori qishloq xo‘jaligi ilm-fanini yangi bosqichga ko‘tarish muhimligini ta’kidladi. 

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasiga zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini tatbiq etish hamda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish, ekin maydonlarini tomchilab sug‘orish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. 

Davra suhbatida o‘tgan yillar davomida mamlakatimiz bo‘yicha 18,5 ming gektar maydonga tomchilab, 18,4 ming gektar yerga egiluvchan quvurlar yordamida, 16,3 ming gektar maydonda egatlarga plyonka to‘shab sug‘orish usullari joriy etilib, ulardan samarali foydalanib kelinayotgani qayd etildi. 

– Bugungi tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari, sohaning yetakchi olimlari hamda yosh tadqiqotchilar tomonidan mazkur sohadagi dolzarb masalalar muhokama etildi, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi Ismoil Zokirov. – Tomchilab sug‘orish tizimini joriy etgan fermer xo‘jaliklari hamda suvni tejovchi zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlariga keng imkoniyatlar yaratib berish, asosiy aholi istiqomat qiladigan hududlar atrofida meva-sabzavot va poliz ekinlari yetishtiradigan maydonlarda suvni tejovchi texnologiyalar yanada keng joriy etilishini jadallashtirish masalalari ilgari surildi. Zamonaviy tejamkor texnologiyalarni tayyorlayotgan olimlar va tadqiqotchilarning ishlarini amaliyotga keng joriy etish borasida fikr-mulohazalar bildirildi. 

Davra suhbatida agrar sohada yetuk malakali kadrlar tayyorlash borasida ham bir qator dolzarb vazifalar belgilab olindi. 

Поделиться