O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
ShHTga a’zo davlatlar TIV rahbarlari o‘rinbosarlari uchrashuviga doir
2017-01-20 | Siyosat
2017-yiling 20-yanvar kuni Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning maslahatlashuvlarida ishtirok etdi.
Majlisda ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori Yevgeniy Sisoyev ham ishtirok etdi.
Uchrashuv oldidan Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov delegatsiyalar rahbarlari bilan suhbatlashdi.
Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rinbosarlari tashkilotni kengaytirish nuqtayi nazaridan ShHT doirasidagi hamkorlikning amaliy masalalarini ko‘rib chiqdilar.
ShHT doirasida siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot va gumanitar aloqalar sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar va amaliy chora-tadbirlarning batafsil muhokama qilindi. ShHT hududida tinchlik va barqarorlikni saqlash, farovonlik va taraqqiyotni ta’minlash maqsadida birgalikdagi say’-harakatlarni kuchaytirishga a’zo davlatlar tayyor ekanligi yakdillik bilan tasdiqlandi.
Maslahatlashuvlar chog‘ida tashkilotni kengaytirish jarayonining muvaffaqiyatli borishi, avvalombor Hindiston va Pokistonning to‘laqonli a’zolikka qabul qilinishi ko‘p qirrali teng huquqli hamkorlik salohiyatining yanada ortishiga, ShHTning xalqaro nufuzi va rolining oshishiga imkon yaratishi qayd etildi.