O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Maftuna – tanlov g‘olibi
2014-10-14 | Sport
"Turkiston" saroyida sportchi qizlar o'rtasida "Sharq yakkakurashlari malikasi – 2014" an'anaviy ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi.
O'zbekiston Sharq yakkakurashlari va jang san'atlarini rivojlantirish markazi va "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati hamkorligida o'tkazilgan tanlovda sportchi qizlar sportning turli yo'nalishlarida o'z iqtidor va mahoratini namoyish etdi.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda xotin-qizlar, ayniqsa, yoshlar o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, ularning o'z iste'dodini namoyon etishi uchun barcha shart-sharoit yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu borada Sharq yakkakurashlari va jang san'atlarini rivojlantirish markazi tomonidan ham muayyan ishlar amalga oshirilayotir. Natijada o'zbek qizlarining qit'a va jahon miqyosidagi musobaqalarda qo'lga kiritayotgan yutuqlari salmog'i oshib bormoqda.
Ko'rik-tanlovda qizlarning ma'naviy-ma'rifiy, san'atga oid bilim va mahorati, pazandalik san'ati hamda kiyinish madaniyati sinovdan o'tkazildi.
Taekvondochi Maftuna Xudoyorova "Sharq yakkakurashlari malikasi" degan sharafli nomga sazovor bo'ldi. Ushu bo'yicha sport ustasi Kamola Qurbonova ikkinchi, dzyudo bo'yicha xalqaro musobaqalar sovrindori Amina Mamedova uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. O'zbek jang san'ati ustalari Maftuna Tuyeva va Zarnigor Nurillayeva, penchak silat bo'yicha mamlakatimiz chempioni Zulfiya Roziqova turli nominatsiyalar bo'yicha g'oliblikni egalladi.