O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston mahsulotlarining dovrug‘i

2015-02-14 | Iqtisodiyot

Moskvada o'tkazilgan oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar "ProdEkspo – 2015" an'anaviy xalqaro ko'rgazmasida "O'zvinosanoat-xolding" kompaniyasi mahsulotlari yuqori e'tirofga sazovor bo'ldi.

Unda 65 mamlakatdan ikki mingdan ortiq firma va kompaniya o'z mahsulotlarini namoyish etdi.

Xalqaro ko'rgazmada "O'zvinosanoat-xolding" kompaniyasi 115 turdagi keng assortimentdagi mahsulotlari bilan qatnashdi.

Ayni paytda O'zbekistonda uzumning qirqdan ortiq navi yetishtirilib, mahsulotni qayta ishlashga alohida e'tibor qaratilayotir. Mamlakatimizda tokzorlar hosildorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilashga qaratilayotgan e'tibor bozorlar to'kinligi va eksport imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilayotir. Davlatimiz rahbarining 2013-yil 13-martdagi 2013-2015-yillarda respublikada uzumchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori bu boradagi ishlar ko'lamini kengaytirishda muhim omil bo'lmoqda.

An'anaga ko'ra, xalqaro ko'rgazma doirasida 2015-yilning eng yaxshi mahsuloti tanlovi o'tkazildi. Unda ko'rgazmada qatnashayotgan ishlab chiqaruvchilar orasidan 500 kompaniya bir ming besh yuz xildagi mahsuloti bilan ishtirok etdi.

Tanlovda "O'zvinosanoat-xolding" mahsulotlari 18 medal, jumladan, sakkizta oltin medal bilan taqdirlandi.

– Sanoatbop navli tokzorlar maydoni kengayib, xomashyo bazasining mustahkamlanishi mahsulot yetishtirish hajmi va sifatini oshirish imkonini bermoqda, – deydi kompaniyaning modernizatsiya va ilg'or texnologiyalarni joriy etish boshqarmasi boshlig'i Adolat Vostrikova. – Natijada mahsulotlarimiz ichki va tashqi bozorda o'z o'rnini tobora mustahkamlamoqda. Misol uchun, keyingi besh yilda turli tanlovlarda 170 ga yaqin oltin, kumush va bronza medal, 50 dan ortiq diplom olishga muvaffaq bo'ldik. «ProdEkspo – 2015» ko'rgazmasidagi yutug'imiz buning yana bir e'tirofidir.

Поделиться