O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

She’riyat kechasi

2015-02-14 | Jamiyat

Yoshlar ijod saroyida Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga bag'ishlangan she'riyat kechasi bo'lib o'tdi.

Bir qator yoshlar jamoat tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan tadbirda yozuvchi va shoirlar, yosh ijodkorlar, «Yurt kelajagi» respublika ko'rik-tanlovi hamda «Kamalak yulduzlari» bolalar ijodiyoti festivalining adabiyot yo'nalishi bo'yicha sovrindorlari qatnashdi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda yosh avlodga puxta bilim berish, ularning ma'naviyatini yuksaltirish, badiiy-estetik tafakkurini to'g'ri shakllantirish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2014-yil 6-fevraldagi «O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarori yoshlar kamoloti va istiqboliga oid sa'y-harakatlarni kengaytirish, ularning ijodiy-intellektual salohiyatini rivojlantirishda yangi ufqlarni ochmoqda.

Navqiron avlodda Vatanga muhabbat, milliy an'ana va qadriyatlarimizga hurmat tuyg'ularini mustahkam qaror toptirishda buyuk mutafakkirlar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur she'riyati ulkan ahamiyat kasb etadi.

Asadbek Solijonov Uspenskiy nomidagi Respublika musiqa akademik litseyining 8-sinfida o'qiydi. Navoiy g'azallari asosidagi «Ey sabo», «Qaro ko'zum», «Fido» singari qo'shiqlarni maromiga yetkazib ijro etadi. U yurtimiz va xorijda bo'lib o'tgan bir qator ijodiy festival va tanlovlar g'olibi.

– Ulug' ajdodlarimizning ijod namunalari yurtni qadrlashga, odob-axloqli bo'lishga, mehnatsevarlikka, halollikka, ota-onani hurmat qilishga undaydi, – deydi Asadbek. – Men ushbu tadbirga Navoiy g'azali bilan aytiluvchi «Aylagach» qo'shig'ini tayyorlab keldim.

Tadbirda ulug' shoirlarimizning ijodidan namunalar yangradi. Navoiyning «Mahbub ul-qulub» asari asosida talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan teatrlashtirilgan dastur namoyish etildi.

Поделиться