O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yaponiya parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv
2017-01-17 | Siyosat
2017-yilning 16-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yaponiya parlamenti missiyasini qabul qildi
2017-yilning 16-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Yaponiya Parlamenti Maslahatchilar palatasi deputati Yuhey Yumashita boshchiligidagi parlament missiyasini qabul qildi.
Delegatsiya tarkibida deputatlar Mizuho Onuma, Yuka Miyazava, Mitsuko Ishii ham bor.
Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlarning holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. Mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot davomida “Taraqqiyotga rasmiy ko‘mak” nomli Yaponiya hukumat dasturi doirasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda Yaponiya Elchisi Nobuaki Ito ishtirok etdi.