O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Galdagi vazifalar belgilab olindi

2015-02-06 | Jamiyat

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi 12- Xorazm saylov okrugida siyosiy partiyalarning viloyat kengashlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida tadbir bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish, bu jarayonda qonunchilik talablari ijrosini ta'minlash hamda saylov uchastkalari faoliyatini tashkil etishning muhim jihatlari va ulardagi mavjud sharoitlarni puxta o'rganib borish bilan bog'liq masalalar muhokama etildi.

Saylovlarning qonun talablariga muvofiq o'tkazilishini ta'minlash okrug va uchastka saylov komissiyalari a'zolaridan katta mas'uliyat talab etadi. Saylov uchastkalarining faoliyati, ularda yaratilgan sharoitlarni o'rganib borish, fuqarolarning saylovga doir murojaatlarini ko'rib chiqish hamda saylov qonunchiligi targ'ibotini samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega.

Okrug saylov komissiyasi va siyosiy partiyalarning o'zaro munosabatlari bilan bog'liq masalalar, kuzatuvchilar institutining saylov jarayonidagi ahamiyati, okrug va uchastka saylov komissiyalari a'zolarining faolligi, mas'uliyatini yanada oshirish kabi masalalar xususida fikr almashildi.

Поделиться