O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yagona ezgu maqsad yo‘lida
2015-02-06 | Jamiyat
Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi yo'lida xizmat qilish barchamizning yagona va ezgu maqsadimizdir, – dedi O'zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi Qoraqalpog'iston Respublikasi kengashi raisi Y.Qunnazarov.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, tuman va shahar Kengashlariga partiyadan saylangan deputatlar, partiya faollari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan konferensiyada 2014-yil 21-dekabrda mamlakatimiz parlamenti va mahalliy Kengashlarga o'tkazilgan saylov yakunlari, shuningdek, joriy yil 29-martda bo'lib o'tadigan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik, partiyaning VII qurultoyiga delegatlar saylash masalalari muhokama qilindi.
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi asosida xalqaro andozalarga mos demokratik saylov tizimi shakllantirilgani fuqarolarning o'z xohish-irodasini erkin ifoda etishida muhim omil bo'lmoqda. Mazkur hujjat asosida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar partiyalararo raqobatni kuchaytirib, siyosiy partiyalarga teng sharoitlar yaratish mexanizmining samaradorligini yanada oshirdi.
Anjumanda partiyaning ustuvor vazifalarini hayotga tatbiq etishda boshlang'ich partiya tashkilotlarining mas'uliyati, bu borada targ'ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish, joriy yilning 29-mart kuni o'tkaziladigan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etish chora-tadbirlari xususida fikr almashildi.
Konferensiyada O'zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasining VII qurultoyiga delegatlar saylandi.