O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qurultoyga delegatlar saylandi
2015-02-07 | Jamiyat
O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi Samarqand viloyati kengashining plenumida partiyaning shu yil 29-mart kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirokiga doir masala muhokama etildi.
Partiya viloyat kengashi raisi K.Isobekov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida erkin va demokratik saylovlarni o'tkazish uchun yaratilgan mustahkam qonuniy asos va kafolatlar, keyingi yillarda mamlakatimiz Konstitutsiyasi va bir qator qonunlarga kiritilgan o'zgartish va qo'shimchalar saylovlarning xalqaro talablarga mos holda o'tishini ta'minlash bilan birga, partiyalar o'rtasida raqobatni kuchaytirishga xizmat qilayotganini alohida ta'kidladi. 2014-yil 21-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga saylovlar ana shu ruhda, yuksak saviyada o'tkazilgani qayd etildi.
Plenumda partiya dasturiy maqsad va g'oyalarini amalga oshirish, elektorat manfaatlarini himoya qilish bo'yicha oldinda turgan vazifalar belgilab olindi. Shundan kelib chiqib, joriy yil 29-mart kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida munosib ishtirok etish bo'yicha taklif va mulohazalar bildirildi.
Anjumanda O'zbekiston Xalq demokratik partiyasining navbatdagi qurultoyiga delegatlar saylandi.