O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sarhisob va rejalar

2015-02-11 | Jamiyat

Poytaxtimizda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar bo'limi tomonidan shahar hokimligi, xalq ta'limi, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmalari bilan hamkorlikda boshlang'ich tashkilot yetakchilarining mintaqaviy forumi tashkil etildi.

Davlatimiz rahbarining 2014-yil 6-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori ijrosi doirasida uyushtirilgan forumda 2014-yilda amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi.

Tadbirda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yoshlarning zamon talablari darajasida ta'lim-tarbiya olishi, sport bilan shug'ullanishi, salomatligini mustahkamlashi, bilim va salohiyatini namoyon etishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilayotgani alohida ta'kidlandi.

Mamlakatimizda yoshlarning manfaatlarini har tomonlama himoya qilish, hech kimdan kam bo'lmagan holda ta'lim-tarbiya olishi, kasb-hunar egallashi uchun shart-sharoit yaratish eng muhim vazifa sifatida belgilangan. Ushbu jarayonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlar navqiron avlodni har tomonlama sog'lom va barkamol, o'z so'zida sobit, mustahkam ishonchga loyiq etib tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Bu "Kamolot" ijtimoiy harakati faoliyatining asosini tashkil etadi.

"Kamolot" bo'limlari barcha umumta'lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy o'quv yurtlari, mehnat jamoalari, harbiy qismlarda yoshlarning ezgu orzu-intilishlari, rejalarini qo'llab-quvvatlab, ularni rag'batlantirmoqda. Mazkur sa'y-harakatlar samarasida yosh avlodning mustaqil fikrlaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, ma'naviy yetuk insonlar bo'lib ulg'ayishi, ularning siyosiy va huquqiy madaniyat darajasini yuksaltirish yo'lida tizimli ishlar amalga oshirilayotir.

"Kamolot" tomonidan hayotga tatbiq etilayotgan "Yurtimni obod etaman", "Siz qonunni bilasizmi?", "Yurt kelajagi", "Yoshlar giyohvandlikka qarshi", "Biz sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz", "Yoshlar ekohayotni tanlaydi" tadbirlari, "Bunyodkor" yoshlar mehnat harakati, "Munozara" to'garagi, "Yozni "Kamolot" bilan", "Kamolot" kubogi va boshqa sport, salomatlik, ekologiyaga oid loyihalar, tanlovlar yoshlarimiz orasida tobora keng ommalashmoqda.

Ushbu tadbirlardan ko'zlangan asosiy maqsad navqiron avlod salohiyatini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ezgu ishlarga safarbar etish, ularning bandligini ta'minlash, siyosiy-huquqiy bilimini oshirish, iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlashdan iborat. O'tgan yili o'tkazilgan yetti mingdan ortiq ana shunday tadbirga poytaxtimizdagi 668 boshlang'ich tashkilot tizimida faoliyat yuritayotgan bir milliondan ziyod yigit-qiz qamrab olindi.

– Yurtimiz yoshlarini birlashtirish, jamiyatda munosib o'rin egallashlari uchun ko'maklashish, huquq va manfaatlarini himoyalash, ularni sog'lom turmush talablari asosida tarbiyalash muhim vazifamizdir, – deydi "Kamolot" YoIH Toshkent shahar kengashi boshlang'ich tashkilotlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i Bobur Mirzayev. – Ularning ezgu g'oyalarini ro'yobga chiqarish yo'lida boshlang'ich tashkilotlar faoliyati muhim ahamiyatga ega.

Mazkur forum boshlang'ich tashkilotlar yetakchilarining yoshlar bilan ishlash borasida bilim va ko'nikmalarini oshirish, eng yaxshi boshlang'ich tashkilotlarning ilg'or tajribalarini targ'ib qilishga qaratildi. Yetakchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqqan holda istiqboldagi vazifalar va o'z faoliyatidagi ustuvor yo'nalishlarni belgilashga oid ma'lumotlar berildi. Eng faol boshlang'ich tashkilotlar yetakchilari rag'batlantirildi.

Поделиться