O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Muhim siyosiy jarayonga puxta hozirlik
2015-02-04 | Jamiyat
Mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyati va erkin demokratik davlat barpo etishda siyosiy partiyalar, xususan, O'zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi ham faol ishtirok etmoqda.
Partiyaning Jizzax viloyati kengashi konferensiyasida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 2014-yil 21-dekabrda bo'lib o'tgan saylovlarda O'zMTDPning ishtiroki yakunlari, shuningdek, joriy yil 29-mart kuni o'tkaziladigan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtiroki muhokama qilindi.
Bo'lajak saylov mamlakatimizning kelgusi taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega ekani ta'kidlanib, partiyaning ushbu siyosiy jarayonda munosib ishtirok etishini ta'minlash uchun saylovoldi targ'ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish zarurligiga alohida e'tibor qaratildi.
Aholining siyosiy bilim va saviyasini yuksaltirish, faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash, partiya elektorati manfaatlarini ta'minlash, partiya safini siyosiy yetuk, tashabbuskor, uning g'oyalari ro'yobiga ishongan fuqarolar bilan to'ldirib borish viloyat Kengashining doimiy va ustuvor yo'nalishlaridan bo'lib qolaveradi.
Konferensiyada partiya viloyat kengashining O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarligi, saylovning mazmun-mohiyatini fuqarolar, ayniqsa, yoshlar ongiga chuqur singdirishda partiya faollarining vazifalari belgilab olindi.
O'zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining IV syezdiga delegatlar saylandi.