O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Markaziy saylov komissiyasida

2015-02-09 | Siyosat

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi va O'zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi vakillari Markaziy saylov komissiyasiga O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni ro'yxatga olish uchun zarur hujjatlarni taqdim qildi.

Tadbirda Markaziy saylov komissiyasi a'zolari, siyosiy partiyalar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

"O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida"gi qonunga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko'rsatish saylovga oltmish besh kun qolganida boshlanadi va qirq besh kun qolganida tugaydi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko'rsatish siyosiy partiyalarning yuqori organlari – syezd yoki qurultoyi tomonidan amalga oshiriladi.

Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etilgan hujjatlar siyosiy partiya rahbarining O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni ro'yxatga olishni iltimos qilib, Markaziy saylov komissiyasiga arizasi, siyosiy partiya yuqori organining O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko'rsatish to'g'risidagi qarori, siyosiy partiya yuqori organi majlisining O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko'rsatish to'g'risidagi bayonnomasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning o'z nomzodi ovozga qo'yilishiga rozi ekanligi to'g'risidagi arizasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko'rsatilgan nomzodni qo'llab-quvvatlovchi imzo varaqalaridan iborat.

Ta'kidlash joizki, siyosiy partiyalar O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko'rsatgan nomzodlarini qo'llab-quvvatlovchi saylovchilarning imzolarini to'plash jarayonini yakunladi.

Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni yetti kunlik muddat ichida tekshirib chiqadi va ularning qonun talablariga muvofiqligi to'g'risida xulosa beradi.

Ayni paytda Markaziy saylov komissiyasida imzo varaqalari to'g'ri to'ldirilganligini tekshirish bo'yicha ishchi guruhlari faoliyat yuritmoqda. Ularning tarkibiga Markaziy saylov komissiyasi a'zolari, jamoat tashkilotlari vakillari, ichki ishlar, adliya organlari va boshqa muassasalarning mutaxassislari kiritilgan.

Поделиться