O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jurnalistlar uchun brifing
2015-01-29 | Siyosat
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi 13-Qashqadaryo okrug saylov komissiyasida jurnalistlar uchun brifing o'tkazildi.
Joriy yilning 29-mart kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo'lib o'tishi munosabati bilan tuzilgan 13-Qashqadaryo okrug saylov komissiyasi raisi Ismoil Jo'rayev komissiya tarkibi tasdiqlangani va ish boshlaganini ta'kidladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha asosiy tadbirlar dasturini amalga oshirish bo'yicha komissiya a'zolari oldida turgan muhim vazifalar haqida so'z yuritildi.
Viloyatda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi 867 saylov uchastkasi, ushbu siyosiy jarayonni yoritish bo'yicha viloyat matbuot markazi tuzildi. Saylov uchastkalarining ro'yxati, ularning tartib raqami, chegaralari va saylovchilari soni haqidagi ma'lumotlar matbuotda e'lon qilinadi.
Brifingda jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.