O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qonunchilik talablari asosida

2015-01-29 | Siyosat

Shu yilning 29-mart kuni bo'ladigan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga Namangan viloyatida ham tayyorgarlik ishlari qizg'in davom etmoqda.

Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi 6-Namangan okrug saylov komissiyasining raisi G'anijon Ortiqov O'zA muxbiriga quyidagilarni gapirib berdi:

– Saylovning xalqaro demokratik standartlar va saylov to'g'risidagi milliy qonunchilik talablari asosida o'tkazilishida okrug saylov komissiyalari zimmasiga katta mas'uliyat yuklangan.

Markaziy saylov komissiyasining qarori bilan viloyat hududi chegarasida tuzilgan 6-Namangan saylov okrugida saylovning ochiqlik, oshkoralik va adolat tamoyillari hamda saylovchilarning faol fuqarolik pozitsiyasi negizida o'tishini ta'minlash maqsadida barcha ishlar O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi, "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida"gi qonunlari asosida tashkil qilinmoqda.

6-Namangan okrug saylov komissiyasiga Namangan shahri markazidagi "Namangan yoshlar markazi" dan joy ajratilgan bo'lib, bu saylovga tayyorgarlik ko'rish va uni yuqori saviyada o'tkazishda katta ahamiyat kasb etadi. Bu yerda saylov komissiyasining samarali faoliyat ko'rsatishi uchun barcha zarur sharoit mavjud. Okrug saylov komissiyasining raisi va a'zolari, ishchi guruhi, matbuot kotibi uchun alohida xonalar zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari, mebellar bilan ta'minlangan. Markazning katta majlislar hamda konferens zali ommaviy axborot vositalari uchun turli darajadagi matbuot anjumanlarini tashkil etish, xorijlik kuzatuvchilarni qabul qilish imkoniyatini beradi. Markaz foyyesida tashkil etilgan ko'rgazmali vositalar orqali saylovchilar saylovga doir huquqiy asoslar, tartib-qoidalar, saylov komissiyasi faoliyatiga tegishli ma'lumotlarni olishlari mumkin. Internet tarmog'iga ulangan komputerlar Markaziy saylov komissiyasi, shuningdek, viloyatdagi uchastka saylov komissiyalari bilan tezkor axborot almashishni ta'minlaydi.

Markaziy saylov komissiyasining dasturi asosida okrug saylov komissiyasining asosiy tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Saylov okrugi hududida 651 saylov uchastkasi tuzish to'g'risida qaror qabul qilinib, matbuotda e'lon qilindi.

Saylovga tayyorgarlik ko'rish va bevosita saylov jarayonlaridan jamoatchilikni keng xabardor qilib borishga alohida e'tibor qaratilgan. Muhim siyosiy kampaniyaning ajralmas qismi bo'lgan bu vazifani saylov qonunchiligi talablari asosida amalga oshirish uchun tajribali mutaxassislardan iborat axborot xizmati tashkil etildi.

Hozir joylarda uchastka saylov komissiyalarini tuzish borasida ish olib borilmoqda. Aholi uchun har tomonlama qulay bo'lishi hisobga olinib tashkil etilgan saylov uchastkalari inventarizatsiyadan o'tkazilib, moddiy-texnik ta'minoti, saylovchilarning ovoz berishi uchun qulayliklar yaratish kabi tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Поделиться