O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oqsaroyda qabul

2015-01-27 | Siyosat

Prezident Islom Karimov 27-yanvar kuni Oqsaroyda Amerika Qo'shma Shtatlarining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Pamela Spratlendan ishonch yorlig'ini qabul qilib oldi.

Suhbat chog'ida mamlakatlarimiz o'rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada mustahkamlash istiqbollari, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari elchini ushbu vazifaga tayinlangani bilan tabriklab, uning mas'uliyatli faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

Elchi AQSh va O'zbekiston o'rtasidagi ko'p qirrali hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini yuksak baholadi.

Uchrashuvda ta'kidlanganidek, o'zaro manfaatli va samarali munosabatlarni kengaytirish, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish, tovar ayirboshlash hajmini oshirish uchun mavjud salohiyatni to'la ishga solish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni tashkil etishga tomonlar alohida ahamiyat beradi.

Toshkent shahrida 2014-yil oxirida ikki mamlakat tashqi siyosat mahkamalari o'rtasidagi maslahatlashuvlar, Amerika – O'zbekiston savdo palatasi vakillari hamda mamlakatimiz ishbilarmonlari ishtirokida o'tgan biznes-forumda o'zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarga oid masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Поделиться