O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samimiy qutlovlar

2016-12-19 | Siyosat

Mamlakatimizda 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga 


Janobi Oliylari! 

Sizga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz munosabati bilan samimiy tabriklarimni yo‘llayman. 

Saylovda ishonchli g‘alabangiz O‘zbekiston xalqining Sizga va Sizning rahbarlik salohiyatingizga bo‘lgan yuksak ishonchining ifodasidir. Sizning dono rahbarligingizda O‘zbekistonda taraqqiyot va farovonlik yo‘li davom ettirilishiga ishonaman. 

Pokiston O‘zbekiston bilan do‘stlik munosabatlarini g‘oyat yuksak qadrlaydi. Bu aloqalar ko‘p asrlik diniy, madaniy va tarixiy rishtalar bilan mustahkamlangan. O‘zaro manfaatli hamkorligimiz bundan buyon ham yanada rivojlanib boraverishiga aminman. Bu borada Siz bilan yaqin hamkorlik qilishga tayyorman. 

Janobi Oliylari, Sizga mustahkam sog‘lik va ulkan muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik, taraqqiyot va farovonlik tilayman. 

Janobi Oliylari, Sizga bo‘lgan yuksak ehtiromimni qabul qilgaysiz. 

Samimiyat bilan, 
 

Muhammad Navoz Sharif,
Pokiston Islom Respublikasi
Bosh vaziri 



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga 


Janobi Oliylari! 

Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan chin dildan samimiy tabriklab, xalqingiz farovonligi va ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatingizga muvaffaqiyatlar tilash menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi. 

Samarali hamkorlik va o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlarimizni inobatga olib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash va xalqlarimizning manfaatlariga xizmat qilish maqsadida barcha sohalardagi hamkorligimizni yangi bosqichga ko‘tarish uchun Siz bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyorman. 

Samimiyat bilan, 
 

Muhammad VI,
Marokash Qiroli



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga 


Janobi Oliylari! 

Malayziya hukumati va xalqi nomidan Sizni Prezident saylovida g‘alaba qozonganingiz bilan samimiy muborakbod etaman. 

Saylovdagi ishonchli g‘alabangiz O‘zbekiston xalqi Sizga mamlakatni yanada taraqqiy ettirish, farovonlik va tinchlikni mustahkamlashga qodir rahbar sifatida yuksak darajadagi ishonchidan dalolatdir. 

O‘zaro samarali munosabatlarni yanada kengaytirish maqsadida yaqin hamkorlik qilish uchun Siz bilan uchrashishni sabrsizlik bilan kutaman. 

Do‘stona munosabatlarimiz bundan buyon ham rivojlanib, xalqlarimiz manfaati yo‘lidagi hamkorlikning turli sohalarini qamrab olishiga aminman. 

Hurmat bilan, 
 

Dato Sri Moxd Najib,
Malayziya Bosh vaziri 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga 


Muhtaram janob Prezident! 

Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan Xorvatiya Respublikasi fuqarolari va shaxsan o‘z nomimdan muborakbod etaman. 

Ushbu mas’uliyatli lavozimda mamlakatingiz taraqqiyoti va xalqingiz farovonligi yo‘lida muvaffaqiyatli faoliyat olib borishingizga ishonaman. 

Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan hamkorligimizni, xususan, iqtisodiyot sohasidagi aloqalarimizni yanada kengaytirish maqsadida Xorvatiya – O‘zbekiston munosabatlarini izchil rivojlantirishimizga ishonchim komil. 

Janob Prezident, Sizga bo‘lgan yuksak ehtiromimni qabul qilgaysiz. 
 

Kolinda Grabar-Kitarovich,
Xorvatiya Respublikasi Prezidenti


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga 


Janobi Oliylari! 

Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan Falastin davlati, xalqi va shaxsan o‘z nomimdan chin dildan samimiy tabriklashga ruxsat bergaysiz. O‘zbekiston xalqining ezgu maqsadlarini ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatingizga muvaffaqiyatlar tilayman. 

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hurmat rishtalarini qadrlaymiz, xalqlarimiz umumiy manfaati yo‘lida barcha sohalardagi munosabatlarni bundan buyon ham kengaytirish va rivojlantirishga tayyormiz.

O‘zbekiston Respublikasi Falastin xalqini doimo qo‘llab-quvvatlashini yuksak qadrlaymiz. 

Janobi Oliylari, eng ezgu tilaklarimni qabul qilgaysiz. Sizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, O‘zbekiston va uning xalqiga taraqqiyot, farovonlik tilayman. 
 

Mahmud Abbos,
Falastin Davlati Prezidenti, 
Falastin Ozodlik Tashkiloti 
Ijroiya Qo‘mitasi Raisi 


Shuningdek, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan: 

«Chayna reylvey tanel grup» boshqaruvi raisi – Yuy Baolin 

Yaponiya fan va texnologiyalar agentligi prezidenti – Michinari Xamaguchi 

«Agrotek» kompaniyasi prezidenti, jamoat arbobi (Avstriya) – Boris Kandov 

Germaniya – O‘zbekiston jamiyati prezidenti – Volf Bauer 

Qutlovlar kelishi davom etmoqda. 

Поделиться