O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi

2016-12-13 | Siyosat

2016-yil 12-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Komissiya raisi M.Abdusalomov boshqardi.

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi N.Kaimovning xalq deputatlari To‘raqo‘rg‘on tumani Kengashi deputati vakolati tugatilganligi hamda A.Butayevning xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashi deputati vakolati tugatilganligi munosabati bilan ularning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi vakolati muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida qarorlar qabul qildi.

Shuningdek, majlisda 104-Quvasoy saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati M.Ubaydullayev Marg‘ilon shahar hokimi etib tayinlanganligi munosabati bilan uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida ham qaror qabul qilindi.

Поделиться