O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

2016-yil 4-dekabr kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari to‘g‘risida

2016-12-09 | Saylov

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90 va 117-moddalari, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14, 35, 36-moddalari, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 9-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalaridan olingan saylov natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

Q A R O R    Q I L A D I:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq haqiqiy va bo‘lib o‘tgan deb topilsin.

2. Shavkat Miromonovich MIRZIYOYEV 2016-yil 4-dekabr kuni muqobillik asosida bo‘lib o‘tgan saylovda saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan besh yil muddatga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblansin.

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

 

Markaziy saylov komissiyasi Raisi M.Abdusalomov

Toshkent shahri,
2016-yil 9-dekabr,
№794.

Поделиться