O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Gamburg shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro tadbirlarda O‘zbekiston delegatsiyasining ishtirokiga doir
2016-12-06 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2016-yilning 8-9-dekabr kunlari Gamburg shahrida (Germaniya) bo‘lib o‘tadigan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Ushbu majlisda Germaniyaning YXHTdagi raisligi yakunlanadi.
Shuningdek, 7-dekabr kuni Markaziy Osiyoning 5 mamlakati va AQShning tashqi siyosat idoralari rahbarlarining «C5+1» shaklidagi uchrashuvi ham bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Gamburg shahrida YXHT a’zo mamlakatlari delegatsiyalari rahbarlari bilan qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.