O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ali Abolxasani Shaxreza: saylov yuksak saviyada, ochiq va oshkora o‘tdi

2016-12-06 | Saylov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazida 2016-yil 6-dekabr kuni Islom hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilar missiyasi Prezident saylovi kuzatuvlari bo‘yicha o‘z matbuot anjumanini o‘tkazdi.

Missiya rahbari, Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) kuzatuvchilari missiyasi rahbari, IHTning siyosiy departamenti direktori Ali Abolhassaniy milliy saylov qonunchilikka kiritilgan so‘nggi o‘zgartish va qo‘shimchalarni alohida qayd etdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik jarayonida mamlakat saylov amaliyotida birinchi marta aholini huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan keng miqyosdagi targ‘ibot tadbirlari, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarga yaratilgan imkoniyatlar, xususan, ko‘zi ojiz saylovchilar uchun Brayl alifbosida saylov byulletenlarining chop etilgani fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Missiya vakillari kuzatuv davrida Markaziy saylov komissiyasida uchrashuvlar o‘tkazdi, okrug va uchastka saylov komissiyalari faoliyati bilan tanishdi, saylovchilar bilan suhbatlashdi.

4-dekabr kuni IHT kuzatuvchilari Toshkent shahridagi 30 dan ziyod saylov uchastkasida bo‘lib, ovoz berish hamda ovozlarni sanab chiqish jarayonlarida ishtirok etdi.

Missiya vakillari ovoz berish chog‘ida qonunbuzilish holatlari qayd etilmaganini ma’lum qildi.

– Saylov yuksak saviyada, ochiq va oshkora milliy qonunchilik hamda umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlarga to‘liq amal qilingan ravishda o‘tdi, – dedi Ali Abolhassaniy. – Fuqarolarning ushbu muhim siyosiy voqeada faol ishtirok etgani bizda katta taassurot qoldirdi. Biz borgan har bir saylov uchastkasi saylovchilar bilan gavjum bo‘ldi.

Matbuot anjumanida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Поделиться