O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
TIVda uchrashuv
2016-12-05 | Saylov
2016-yilning 4-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan “McDermott, Will and Emery” yuridik firmasining yetakchi yuristkonsultanti Djeyms Moranni qabul qildi.
24 yil davomida Kongressga Virjiniya shtatidan saylangan bo‘lgan Dj.Moran O‘zbekistonning yangi Prezidentini saylash jarayonida ishtirok etish, hududlarga va qator saylov uchastkalariga tashrif buyurishdan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston-AQSh hamkorligining ayrim masalalari muhokama qilindi.