O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Saylov demokratik tamoyillar asosida o‘tmoqda

2016-12-04 | Saylov

Sergey Lebedеv, MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi:

– Missiyamiz kuzatuvchilari O‘zbekistonda Prezident saylovi jarayoni bilan tanishmoqda. Shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda saylov qonunchiligi tobora takomillashib, fuqarolarning emin-erkin ovoz berishi uchun keng va teng imkoniyatlar yaratilgan. Saylovchilarga siyosiy partiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar va ularning dasturi, saylov qonunchiligi haqida to‘laqonli ma’lumot yetkazilmoqda. Ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda barcha nomzodlarga teng  imkoniyat berildi. Bu saylovchilarning siyosiy jarayonda faol ishtirok etishi va saylovning xolis, adolatli o‘tishiga xizmat qilmoqda. 

Mamlakat demokratik taraqqiyot yo‘lidan bardavom borayotganini aholi turmush farovonligi ham ko‘rsatib turibdi. Bu O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilgan izchil islohotlar samarasidir. Bugungi saylov O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotda erishayotgan yutuqlari ham demokratiya yo‘lidan borayotganini ko‘rsatadi. 

Saylovni demokratik tamoyillar asosida, ochiq va xolis o‘tkazish uchun jahon standartlariga mos usul va uslublar qo‘llanilayotgani tahsinga loyiq. Birinchi Prezident Islom Karimov g‘oyalari asosida shakllangan demokratik davlatda saylovlarning yuksak darajada o‘tkazilishi jahon jamoatchiligining diqqatini tortishi aniq. 

Jamshed Jamshedov, Tojikiston Respublikasi Markaziy saylov va referendumlar komissiyasi a’zosi:   

– Jizzax shahridagi 5-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonini kuzatdim. Saylov milliy qonunchilik va xalqaro demokratik tamoyillarga to‘la rioya qilingan holda o‘tmoqda. Saylovchilar o‘zlari tanlagan nomzodga emin-erkin ovoz bermoqda. Ba’zi saylovchilar bilan suhbatlashdim. Har bir saylovchi o‘z fikriga ega. Saylovchilarning faolligi O‘zbekiston xalqining o‘z Vatani taqdiriga, kelajagiga befarq emasligini ko‘rsatmoqda. 

Manba: O'zA

Поделиться