O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Konchilar ovoz berdi

2016-12-04 | Saylov

Qashqadaryo viloyati Muborak tumanidagi 434-saylov uchastkasi Konchilar mahallasida joylashgan. Bugun erta tongdan konchilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol qatnashmoqda.

Abduvosit Ostanayev Muborak gazni qayta ishlash zavodida operator bo‘lib ishlaydi. 

–Ko‘p yillardan buyon ushbu korxonada ishlayman, – deydi Abduvosit. – Keyingi yillarda bizning samarali mehnat qilishimiz, farzandlarimizning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashi, umuman, turmushimiz farovon bo‘lishi uchun ilgari tasavvur ham qilib bo‘lmaydigan darajada salmoqli ishlar amalga oshirildi. Nomzodlarning saylovoldi dasturi bilan tanishdim. Bugun mamlakatimiz sanoatining yanada taraqqiy etishi yo‘lida fidoyilik bilan mehnat qiladigan munosib nomzodga ovoz berdim. 

Tumandagi 11-bolalar musiqa va san’at maktabi binosida joylashgan 753-saylov uchaskasida saylovchilar ovoz berish jarayonida uyushqoqlik bilan ishtirok etmoqda. Uchastkada zamonaviy jihozlangan tibbiyot, ona va bola xonalari ovoz berish jarayonida aholiga qo‘shimcha qulayliklar tug‘dirmoqda. 

–Yosh oilamiz, shuning uchun bolalar bilan birga keldik, – deydi Shuhrat Yaxshiboyev. – Bu yerda farzandlarimiz uchun ham sharoitlar mavjud. Muborak gazni qayta ishlash zavodida ishlayman. Kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lishni orzu qilaman. Bugun mamlakatimizning sanoat salohiyatining bundanda rivojlanishi uchun ovoz berdim. 

 
 

Поделиться