O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonning saylov tajribasi xalqaro miqyosda o‘rganishga arziydi

2016-12-04 | Saylov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatimizning barcha saylov uchastkalarida «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi qonunning 5-moddasiga muvofiq ochiq va oshkora amalga oshirilmoqda.

Saylov uchastkalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan bittadan kuzatuvchi, ommaviy axborot vositalari vakillari, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar qatnashib jarayonni bevosita kuzatayotir. 

Poytaxtimizning Mirobod tumanida joylashgan 209-saylov uchastkasida saylov jarayoni ana shunday ruhda davom etmoqda. Uchastkada saylovchilarga ovoz berish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. 

– Saylov jarayoni o‘ziga xos tantana va hayajon bilan boshlandi, – deydi Latviya Markaziy saylov komissiyasi raisi Arnis Simdars. – Saylovchilarga erkin, yashirin ovoz berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan. O‘zbekiston saylov tizimi va qonunchiligining umume’tirof etilgan xalqaro tamoyillarga mosligi saylovning ochiq va oshkora o‘tkazilishiga zamin yaratgan. Fuqarolarning qisqa muddatda saylov bilan bog‘liq axborot va ma’lumotlar bilan keng ta’minlangani, har bir saylovchining shaxsan o‘zi ovoz berishi zarurligiga alohida urg‘u berilgani e’tiborga molik. Bu yerda birinchi marta ovoz berayotgan yigit-qizlar, ularga bo‘lgan alohida e’tibor diqqatimni jalb etdi. 

Mazkur tumandagi 211-saylov uchastkasida ham erta tongdan fuqarolar faol ovoz berayotganiga guvoh bo‘ldik. Saylov jarayonini kuzatayotgan Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Siyabshax Shapiyev taassurotlari bilan qiziqdik. 

– Saylovga tayyorgarlik jarayonini ko‘zdan kechirish uchun Farg‘ona vodiysida bo‘lib qaytdim, – dedi S.Shapiyev. – Yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rilgani, xalqning saylovga alohida mas’uliyat bilan yondashayotgani diqqatimizni tortdi. O‘zbekistonda yuqori darajada saylov madaniyati shakllangan. Ushbu 211-saylov uchastkasida saylov bayramona boshlanganini aytib o‘tmoqchiman. Fuqarolar o‘z xohish-irodasini erkin bildirmoqda. Mamlakatingiz mustaqillikning dastlabki yillarida rivojlangan mamlakatlarning saylov tajribasini o‘rgangan bo‘lsa, endi O‘zbekistonning bu boradagi tajribasini boshqa davlatlar o‘rgansa arziydi. 

 

Поделиться