O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tinchligimiz va taraqqiyotimiz uchun ovoz berdim

2016-12-04 | Saylov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayoni qizg‘in davom etmoqda. Suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, XV yozgi Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi, “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi Firdavsbek Musabekov Andijon shahridagi 73-saylov uchastkasida o‘zi tanlagan nomzodga ovoz berdi.


– Biz tinchliksevar, tinchlikparvar xalqmiz, – deydi F.Musabekov. – Istiqlolimizning o‘tgan yigirma besh yili davomida qanday ulkan marralarga, yutuqlarga erishgan bo‘lsak, barchasi Vatanimizning tinchlik-osoyishtaligi tufaylidir. Bugun osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon, dasturxonimiz to‘kin-sochin. Barcha ezgu orzularimiz ro‘yobini ko‘rayapmiz. 

Men joriy yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tgan Paralimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston yoshlari hech kimdan kam emasligini va hech qachon kam bo‘lmasligini isbotlashga muvaffaq bo‘lib, Vatanimiz bayrog‘ini baland hilpiratib, madhiyamizning baralla yangrashiga hissa qo‘shganimdan baxtiyorman. 

Saylov bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni katta qiziqish bilan o‘rganib chiqdim. Barcha nomzodlarning saylovoldi dasturlari bilan tanishdim. Bosh qomusimizda belgilangan huquqimdan foydalangan holda, xalqimiz hayotidagi muhim siyosiy voqea – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashib, tinchligimizni, taraqqiyotimizni, buyuk kelajagimizni ta’minlay oladigan munosib nomzodga ovoz berdim. 

Поделиться