O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Vatan va xalq taqdiriga daxldorlik
2016-12-04 | Saylov
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 30-saylov uchastkasi Nuriston akademik litseyida joylashgan. Uchastkada saylovchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan.
Saylov uchastkasida erta tongdan uchastka saylov komissiyasi gavjum. Saylovchilar o‘zlari tanlagan munosib nomzodga ovoz bermoqda.
– Qarshi shahridagi 6-oilaviy poliklinikada shifokor bo‘lib ishlayman, – deydi I.Qodirova. – Mamlakatimizda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati yildan-yilga yuksalmoqda. Poliklinikamizda ham shifokoru bemorlar uchun zamonaviy sharoit yaratilgan. Prezidentlikka nomzodlar dasturi bilan tanishish jarayonida men ana shu jihatlarga alohida e’tibor qaratdim va munosib nomzodga ovoz berdim.
Shahrisabz tumanidagi 596-saylov uchastkasi Shahrisabz tibbiyot kolleji binosida joylashgan. Bu yerda Mirob, Taraqqiyot, Qoraqo‘zi, Kamolot, Forobiy ko‘chalari hamda Choshtepa qishloq fuqarolar yig‘inidan 2 ming 921 nafar saylovchi ro‘yxatdan o‘tgan.
– Mustaqillik yillarida Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida ta’lim sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Pedagoglik kasbi qadr topdi, o‘qituvchining ijtimoiy maqei yuksaldi. Ko‘p yillik pedagoglik faoliyatim davomida o‘zim bunga guvohman. Bugun mana shu ezgu ishlarni davom ettiradigan, mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yo‘lida sidqidildan xizmat qiladigan nomzodga ovoz berdim, – deydi Shahrisabz pedogogika kolleji o‘qituvchisi Sh.Ro‘ziyeva.