O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
San’atkorlar ovozi
2016-12-04 | Saylov
Adolat va ochiqlik mezonlari asosida tashkil etilgan saylov jarayonida yurtimizning barcha fuqarolari, jumladan, san’at va madaniyat namoyondalari ham faol ishtirok etmoqda.
Munojot Yo‘lchiyeva, O‘zbekiston xalq artisti:
– Yurtimizdagi siyosiy partiyalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti mavjud. Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim masalalari yuzasidan siyosiy partiyalar o‘z nuqtai-nazari, pozitsiyasini erkin bildirmoqda.
Men uchun mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi muhim voqeada qatnashish katta mas’uliyatdir. Shu sabab erta tongdan o‘zim istiqomat qilayotgan Shayxontohur tumanidagi Yangi Kamolon mahallasida joylashgan 532-saylov uchastkasiga kelib, Prezident saylovida qatnashdim. Vatanimizning yorqin kelajagi, yurtimiz ravnaqi, san’at va madaniyat, sport sohalarini rivojlantirish uchun o‘zim munosib ko‘rgan nomzodga ovoz berdim.