O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligi himoyachilari ovoz berdi

2016-12-04 | Saylov

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida barcha talabga javob beradigan, tezkor va harakatchan, tashkiliy jihatdan mukammal, zamonaviy qurol-yarog‘ va texnikaga ega milliy armiya barpo etilgani mamlakatimiz xavfsizligi va hududiy yaxlitligini, chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlash, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini himoya qilishning muhim kafolati bo‘lmoqda.

Mamlakatimizning barcha joylarida bo‘lgani kabi Toshkent shahridagi 153-saylov uchastkasida ham ovoz berish jarayoni erta tongdan boshlandi. Bu muhim siyosiy jarayon – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida tinchligimiz va osoyishtaligimiz posbonlari ham faol ishtirok etmoqda. 

Uchastka saylov komissiyasi raisi, podpolkovnik Hasan Xalilovning ta’kidlashicha, saylov uchastkasida mingga yaqin oddiy askarlar, kursantlar, serjantlar, ofitserlar va ularning oila a’zolari hamda muddatli harbiy xizmatchilardan iborat saylovchilar ro‘yxatga olingan. 

Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti kursanti Umidjon Rahmonov ushbu saylov uchastkasida birinchilardan bo‘lib ovoz berdi. 

– Davlatimizning biz, yoshlarga ko‘rsatayotgan doimiy e’tibori va g‘amxo‘rligiga javoban salohiyatli ofitser bo‘lish, Vatanimiz va xalqimiz tinchligini himoya qilish, xavfsizligini ta’minlash – biz uchun ulkan sharaf. – deydi Umidjon. – Prezidentlikka nomzodlarning dasturlari bilan tanishib chiqib, mamlakatimizning yanada gullab-yashnashi, osoyishtaligimizni yanada mustahkamlashga munosib hissa qo‘shuvchi nomzodga ovoz berdim. 

– Mamlakatimizda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga alohida e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda, – deydi kichik serjant Jamol Xudoyqulov. – Harbiy qism va muassasalarda xizmatni o‘tash va yashash, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun barcha sharoit yaratilgan. Bugun o‘z konstitutsiyaviy huquqimdan foydalanib bu boradagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarishda munosib hissa qo‘shadigan nomzodga ovoz berdim. 

– Saylovda qatnashishning mas’uliyati katta, – deydi kapitan Nurullo Akbarov. – Men shu mas’uliyatni chuqur his qilgan holda, yurtimizning yanada taraqqiy etishi, xalqimiz farovonligini bundan-da yuksaltirishga xizmat qiladigan nomzodga ovoz berdim. O‘rni kelganda ta’kidlash joiz, Qurolli Kuchlarimizni barpo etish va shakllantirish borasida amalga oshirilgan ulkan ishlar armiyamizning qiyofasini, uning mazmun-mohiyati va jangovar imkoniyatlarini, harbiy jamoalardagi ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirishga, jamiyatimizda harbiy xizmatga bo‘lgan ishonchning yanada ortishiga xizmat qilmoqda. 

Поделиться