O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Olimpiada chempionlari ovoz berdi

2016-12-04 | Saylov

Buxoro viloyati Kogon shahridagi 123-saylov uchastkasi ham erta tongdan saylovchilar bilan gavjum. Aksariyati yoshlar.

Braziliyaning Rio de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XXI yozgi olimpiya o‘yinlari oltin medali sohibi Shahobiddin Zoirov ham shu yerda ovoz berdi. 

– Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida sportni rivojlantirishga qaratilgan alohida e’tibor tufayli O‘zbekistonimiz jahon sport olamida yuksak marralarga erishmoqda, – deydi Olimpiada chempioni. – Buni butun dunyo e’tirof etmoqda. Sportchilarimiz, ayniqsa joriy yilgi olimpiya o‘yinlarida erishilgan yutuqlar barchani lol qoldirdi. Ayniqsa, to‘rtta oltin va bir necha kumush hamda bronza medallarini qo‘lga kiritgan bokschilarimiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston yoshlari hech kimdan kam emasligini yana bir bor dunyoga namoyish etdi. Ular safida borligimdan faxrlanaman. 

Turli mamlakatlarda xorijlik sportchilar va jurnalistlar biz erishayotgan yutuqlar omili haqida so‘rashadi. Biz ularga yurtimizda yoshlar uchun barcha sharoitlar yaratilgani, chekka tuman va qishloqlarimizda rivojlangan davlatlardagidan qolishmaydigan muhtasham sport inshootlari bunyod etilib, zamonaviy jihozlangani haqida faxr bilan so‘zlab beramiz. Bunday g‘ururni mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ovoz berayotganimda ham his qildim. Men o‘zim munosib, deb bilgan nomzodni tanlar ekanman, yurtimizda yuz bergan ulkan o‘zgarishlar rahnamosi, biz, sportchilar yutug‘idan o‘zimizdan ko‘ra ko‘proq quvongan Birinchi Prezidentimiz boshlagan ishlarning izchil davom ettirilishi uchun ovoz berdim. 

Ushbu Olimpiada kumush medali sohibi Shahram G‘iyosov, mamlakatimiz paralimpiya tarixida birinchi chempion Sherzod Nomozov, mazkur musobaqa sovrindorlari Shirin Sharipov, Shuhrat Boboyev singari taniqli sportchilar ham o‘z saylov uchastkalarida ertamizning yanada farovon, nurafshon bo‘lishi uchun ovoz berdi. 

 
 

Поделиться