O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Vatanim kelajagi uchun ovoz berdim
2016-12-04 | Saylov
Navoiy viloyatida ham bugun erta tongdan ovoz berish jarayoni uyushqoqlik bilan boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish uchun viloyatda 363 uchastka saylov komissiyasi tuzilgan. Barcha tuman va shaharlardagi saylov uchastkalari erta tongdan saylovchilar bilan gavjum.
Navoiy shahridagi 12-saylov uchastkasida ovoz berish jarayoni qizg‘in pallada. 2 ming 651 saylovchi ro‘yxatga olingan uchastka hududida turli millat vakillari ahil-inoq yashamoqda.
–Konstitutsiyaviy huquqimdan foydalanib, munosib nomzod uchun ovoz berdim, – deydi Yuliya Allayeva. – Saylov uchastkasida barcha sharoitlar yaratilgan. Millatim ukrain bo‘lsa-da, Vatanim O‘zbekiston! Bu yerda men va oila a’zolarim o‘z fuqarolik huquqidan to‘la foydalanishi, iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar mavjud. Mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari ahil-inoq yashamoqda va ularga o‘z madaniyati, tili, milliy urf-odatlarini asrab-avaylash, rivojlantirish uchun barcha sharoit yaratilgan. Tinchlik, xotirjamlik, bag‘rikenglik, mehr-oqibat va qadriyatlar ustuvor mamlakatda yashayotganimdan faxrlanaman. Bugun shu aziz Vatanim kelajagi uchun ovoz berdim.