O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qoraqalpog‘istonda ovoz berish boshlandi

2016-12-04 | Saylov

Qoraqalpog‘iston Respublikasida tashkil etilgan 591 saylov uchastkasining barchasi erta tongdan saylovchilar bilan gavjum bo‘ldi. Saylovda ovoz berish uchun 1 million 188 ming 763 saylovchi ro‘yxatga olingan. Ularning 27 ming 974 nafari birinchi marta ovoz berayotgan yoshlardir.

4-dekabr, soat 6.00. Nukus shahridagi 15-saylov uchastkasida ovoz berish jarayoni boshlandi. Unda siyosiy partiyalar vakillari, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. 

Uchastka saylov komissiyasi raisi boshchiligida barcha a’zolar tomonidan kuzatuvchilar nazorati ostida ovoz berish byulletenlari tashlanadigan qutilarga maxsus plombalar qo‘yilib, muhrlandi. Davlat madhiyasi yangrab, saylovchilar ovoz berish uchun taklif etildi. 

–Saylov uchastkamiz bo‘yicha 2 ming 975 saylovchi ro‘yxatga olingan, – deydi uchastka saylov komissiyasi raisi Gulmirza Qurboniyozov. – Saylov kuniga qadar 14 saylovchi qonunda belgilangan huquqlaridan foydalanib, muddatidan oldin ovoz berdi. Uchastkada nogironlar aravachasi yurishi uchun ham barcha qulaylik yaratilgan. Saylov uchastkasiga kelolmaydigan 26 saylovchining uyiga ko‘chma quti va byulletenlarni olib boramiz. 

Ovoz berish jarayoni uyushqoqlik bilan, tartibli o‘tmoqda. Saylovchilar juda faol. Buni dastlabki o‘n daqiqa ichida 100 ga yaqin fuqaroning saylovda ishtirok etgani ham ko‘rsatib turibdi. Ular orasida yoshi ulug‘ insonlar bilan birga, saylovda birinchi marta ishtirok etayotgan yigit-qizlar ham bor. 

– Men o‘zimning konstitutsiyaviy huquqimdan foydalanib, yurt kelajagi uchun jon kuydiradigan, yoshlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatadigan nomzodga ovoz berdim, – deydi Kamola Normatova. – Saylovga tayyorgarlik jarayonida o‘tkazilgan seminar va uchrashuvlarda huquqiy bilimimizni oshirdik. Prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzodlarning tarjimai holi, saylovoldi dasturi bilan tanishib, ularning eng munosibini tanlash imkoniga ega bo‘ldik. 

Saylov uchastkasi hududida turli millat vakillari o‘zaro totuv, ahil-inoq yashaydi. 

– Mahallamizda bir necha millat vakillari yashaydi, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi Tatyana Koyshekenova. – Bugungi saylovda barcha mahalladoshlarimiz faol ishtirok etib, mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalik, hamjihatlik va taraqqiyot bardavomligi uchun ovoz berayotir. 

Поделиться