O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mamlakat ravnaqi va nurli istiqboli yo‘lidagi muhim qadam

2016-12-03 | Saylov

Markaziy saylov komissiyasida 3-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish uchun kelgan bir qator xalqaro tuzilmalar, xorijiy mamlakatlar saylov komissiyalarining vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev bilan uchrashuv chog‘ida Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga puxta tayyorgarlik ko‘rilgani haqida ma’lumot berdi.  

– O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov yaratgan aniq, ishonchli tizim mamlakatda tinchlik va osoyishtalik, barqarorlikning saqlanishida muhim omil bo‘lmoqda, – deydi S.Lebedev. – O‘zbek xalqi ushbu taraqqiyot yo‘lidan og‘ishmay ildam borayotgani saylovlarga ko‘rilgan tayyorgarlik jarayonida o‘zining yaqqol ifodasini topmoqda. Bu yilgi saylovga katta tayyorgarlik ko‘rilgani uchastkalar zarur jihozlar, huquqiy adabiyotlar, aloqa, komputer vositalari bilan to‘liq ta’minlanganida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Nomzodlarning saylovchilar bilan videokonferensiya tarzida o‘tkazgan uchrashuvlari e’tiborga sazovor. 
 

                                *                           *                     *  


Belarus Respublikasi Saylov va respublika referendumlarini o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiyasi raisi Lidiya Yermoshina bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mehmonga O‘zbekiston milliy saylov tizimiga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida so‘zlab berildi.   

– Yurtingizda saylovlarning yuqori darajada o‘tishida keng jamoatchilik – mahalla faollari, oqsoqollar, xotin-qizlar qo‘mitalari raislari ham munosib hissa qo‘shishidek ezgu an’ana e’tiborga molikdir, – deydi L.Ermoshina. – Bularning barchasi saylov kampaniyasining tashkiliy, texnik, huquqiy jihatdan yuqori darajada yo‘lga qo‘yilganidan, xalqingizning huquqiy madaniyati yuqoriligidan darak beradi. 
 

                             *                            *                          * 


Koreya Respublikasi Milliy assambleyasi deputati Yun Sang Jik bilan uchrashuvda ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek ahillikda yashab, Vatan ravnaqi yo‘lida samarali mehnat qilmoqda. 

Milliy saylov qonunchiligida millati, diniy e’tiqodidan qat’i nazar, barcha fuqarolarning o‘z siyosiy huquqlaridan foydalanishi belgilab qo‘yilgan.  

– O‘zbekistonning saylov tizimiga oid qonunchiligi bilan yaxshi tanishmiz, – deydi Yu.Jik. – Bu tizim xolislik, ochiqlik, tenghuquqlilik, oshkoralik kabi tamoyillarga asoslanishi bilan demokratik talablarga to‘liq javob beradi.             
          

                               *                            *                              *           

 

Latviya Markaziy saylov komissiyasi raisi Arnis Simdars bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan Prezident saylovi xalqaro talab va mezonlarga to‘la javob berishi xususida so‘z yuritildi. 


– Saylovda O‘zbekiston xalqi kelajagi, mamlakat istiqboli yo‘lida  muhim qaror qabul qiladi, – deydi A.Simdars. – Saylov kampaniyasida ma’lumotlarning ko‘pligi yurtingizda ushbu siyosiy jarayonning yuqori saviyada o‘tishi uchun zarur barcha chora-tadbirlar ko‘rilganidan dalolat beradi.               

Поделиться