O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Epchillik va mahorat bahsi

2016-12-03 | Sport

Poytaxtimizdagi "Qushbegi" sport majmuida 2004-2005-yillarda tug‘ilgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi kubogi uchun XIII respublika turniri o‘tkazildi.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari, Xalq ta’limi vazirliklari, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Stol tennisi federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan 56 sportchi yakkalik va juftlik bahslarida g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi. 

Bugungi kunda mamlakatimizda stol tennisi bilan o‘n besh mingga yaqin o‘g‘il-qiz muntazam shug‘ullanmoqda. Ko‘plab yoshlar xalqaro miqyosdagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarmoqda. 

O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda samarqandlik Shohrux Iskandarov g‘alaba qozongan bo‘lsa, qizlar orasida Toshkent viloyatidan Marhabo Magdiyeva barcha raqibalarini yengib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi. 

Musobaqaning juftlik bahslarida Norjon G‘iyosova hamda Jannatoy Madaliyeva, o‘g‘il bolalar o‘rtasida David Lutfullayev va Nikita Panov birinchi o‘rinni egalladi. 

– Stol tennisi bilan olti yildan buyon shug‘ullanib kelmoqdaman, – deydi M.Magdiyeva. – Musobaqa qiziqarli va keskin bahslarga boy bo‘ldi. Maqsadim kelgusida mahoratli sportchi bo‘lib, nufuzli turnirlarda muvaffaqiyat qozonishdir. 

G‘olib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Поделиться