O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Suratlarda yurt jamoli
2016-12-03 | Madaniyat
Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-yilligiga bag‘ishlab ochilgan fotoko‘rgazmada shu sohada mehnat qilayotgan fotoustalar qatorida yosh izlanuvchan ijodkor Bobur Po‘latov olgan suratlar ham namoyish etilmoqda.
Bobur Po‘latov ko‘plab fotoko‘rgazmalar ishtirokchisi. U 2011-yili jurnalistika sohasida “Oltin qalam” milliy mukofoti xalqaro tanlovining “Eng yaxshi fotoreportaj uchun” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan. Ayni chog‘da yosh fotomuxbir “Huquq va burch” jurnalida faoliyat ko‘rsatmoqda.
– Mamlakatimizda yoshlar, xususan, yosh ijodkorlarga erkin va samarali mehnat qilish, iste’dodini namoyon etishi uchun barcha sharoit yaratilgan, – deydi u. – Bunday imkoniyatlardan foydalanish har bir ijodkorning o‘ziga bog‘liq. O‘tgan yili «Kamolot» uyi sohibi bo‘lganim ham ana shunday e’tibor va mehnatning samarasi, deb bilaman.
Ko‘rgazmada mustaqillik yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilgan muvaffaqiyatlar A.Jumayev, R.Shagayev, V.Goncharenko, R.Sharipov, V.Jirnov, K.Minaychenko, V.Vyatkin, V.Shlosberg, M.Levkovich, S.Dehqonov, M.Qodirov, R.Islomov, G‘.Shukurov, N.Boymurodova kabi fotoustalarning ijodida aks etgan.