O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston tajribasini o‘rganish kerak

2016-12-03 | Saylov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 7-Samarqand okrug saylov komissiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish maqsadida yurtimizga kelgan Qozog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Berik Imashev hamda Qirg‘iziston Respublikasi Saylov va referendumlar o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiyasi raisi Nurjan Shayldabekova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Okrug saylov komissiyasi raisi F.Toshev mehmonlarga mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga ko‘rilgan tayyorgarlik, 7-Samarqand okrug saylov komissiyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida gapirib berdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi xalqaro demokratik talablar, milliy qonunchilik asosida yuqori saviyada o‘tkazilayotgani ta’kidlandi. Saylov kampaniyasi tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, saylovga oid qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qarorlariga qat’iy rioya etilgan holda amalga oshirilmoqda. 

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida kuzatuvchi sifatida qatnashayotganimizdan xursandmiz, – deydi Qozog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Berik Imashev. – Mazkur saylov qardosh o‘zbek xalqi hayoti, mamlakat taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega. Buni xalqingiz teran his qilib turibdi. Muhimi, O‘zbekistonda saylovni yuqori saviyada, aholining faol ishtirokida o‘tkazish uchun barcha imkoniyat yaratilgan. 

Uchrashuvda 7-Samarqand saylov okrugi hududidagi barcha uchastkalar ovoz berishga tayyorligi, fuqarolar saylov qonunchiligida belgilangan muddatidan oldin ovoz berish imkoniyatidan samarali foydalangani qayd etildi. 

– Samarqanddagi bir qator saylov uchastkalarida saylovga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishib, komissiya a’zolari va saylovchilar bilan suhbatlashib, O‘zbekistonda mazkur siyosiy tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rilganiga amin bo‘ldik, – deydi Qirg‘iziston Respublikasi Saylov va referendumlar o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiyasi raisi Nurjan Shayldabekova. – Aholi Prezidentlikka nomzodlar va ularning dasturi haqida yetarli ma’lumotga ega. Har bir fuqaroning o‘z qarashi, saylov haqida yetarlicha tasavvuri bor. Uchastkalarda saylovchilar uchun yaratilgan sharoitlar, xususan, tibbiyot, ona va bola xonalari e’tiborga loyiq. O‘zbekistonning bu boradagi tajribalarini o‘rganish kerak.  

 

Поделиться