O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qisqa vaqt ichida saylovga yuksak darajada tayyorgarlik ko‘rilgani tahsinga loyiq

2016-12-03 | Saylov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish uchun mamlakatimizga kelgan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari saylov okruglari va uchastkalarida bo‘lib, saylovga tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishmoqda. O‘zA muxbiri ularning bu haqdagi taassurotlari va fikrlarini yozib oldi.

Kim Yong Xi, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi bosh kotibi, Janubiy Koreya Milliy saylov komissiyasi raisi: 

– Markaziy saylov komissiyasi, 14-Toshkent shahar saylov okrugi, bir necha saylov uchastkalarida bo‘ldik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik jarayonini yuqori baholaymiz. 

Ayni kunlarda butun dunyo e’tibori O‘zbekistonga qaratilgan. Saylovoldi tashviqotlari, muddatidan oldin ovoz berish jarayonlarini ommaviy axborot vositalari orqali muntazam kuzatib bordik. Qisqa vaqt ichida saylovga shu darajada tayyorgarlik ko‘rilgani, turli davlatlar va xalqaro tashkilotlardan ko‘psonli xalqaro kuzatuvchilar taklif etilgani tahsinga loyiq. 

Ali Abulhassani Shahreza, Islom hamkorlik tashkilotining siyosiy masalalar bo‘yicha departamenti direktori: 

– Prezident sayloviga oid qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan tanishib, O‘zbekistonning qonunchilik sohasida katta yutuqlarga erishayotganiga amin bo‘ldik. Prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari O‘zbekiston Respublikasi jami saylovchilari umumiy sonining besh foizidan bir foiziga qisqartirilgani, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan fuqarolar siyosiy madaniyatini oshirishga e’tibor qaratilayotgani, nogironlar va ko‘zi ojizlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni alohida ta’kidlamoqchiman. 

Gao Yuyshen, Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vazirligi maxsus elchisi: 

– Biz Toshkent shahridagi ikkita saylov uchastkasida bo‘lib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishdik. Saylov uchastkalarining jihozlanishi, ovoz berish uchun yaratilgan qulayliklar bizda katta taassurot qoldirdi. Prezident sayloviga xalqaro standartlar darajasida tayyorgarlik ko‘rilgani uning muvaffaqiyatli o‘tishiga xizmat qiladi. 

Vladimir Mesamed, Quddus universitetining Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti professori (Isroil): 

– Mamlakatingizda o‘tayotgan Prezident saylovining avvalgilardan farqi saylovchilar va nomzodlarga yaratilgan keng imkoniyatlarda ko‘rinmoqda. Namangandagi bir necha saylov uchastkalarida bo‘ldik. Tibbiyot, ona va bola xonalari tashkil etilgani, ko‘zi ojizlarga brayl shriftli byulletenlar tarqatilgani e’tiborimizni tortdi. 


Saylovoldi tashviqoti ham juda yuqori saviyada o‘tkazilgan. O‘zbekiston xalqi saylovda porloq kelajagi, istiqboli uchun munosib yetakchini tanlaydi. Bu muhim tarixiy voqeaning muvaffaqiyatli o‘tishini tilaymiz. 

Xironobu Kurosaki, «NEK» korporatsiyasi bo‘lim boshlig‘i (Yaponiya): 

– O‘zbekiston Prezidenti saylovini kuzatish uchun turli davlatlardan 500 dan ortiq xalqaro kuzatuvchilar kelganini eshitib hayratga tushdik. Bu saylovning nufuzi va ochiq-oshkora o‘tayotganiga dalildir. Bunday muhim siyosiy tadbirda kuzatuvchi sifatida ishtirok etayotganimizdan mamnunmiz. O‘zbekiston saylov qonunchiligida aks etgan 18 yoshga to‘lgan fuqarolarning saylovda ishtirok etishi, saylovchilar huquqlari, qonunni buzganlik holatida javobgarlikka tortilish shartlari kabi bandlari bilan tanishdim. O‘ylaymanki, mazkur takomillashtirilgan normalar saylovning adolatli o‘tishini ta’minlaydi. 

Faxri Hamza, Indoneziya Respublikasi parlamenti Xalq vakillari palatasining spikeri: 

– O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shgan. Bugungi kunda o‘zaro siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalar rivojlanib borayotganidan mamnunmiz. Bu hamkorlik davom etishidan umidvormiz. 

Saylov jarayonlari xolis va haqqoniy o‘tayotganini barcha xalqaro kuzatuvchilar ta’kidlashmoqda. Nomzodlarning hammasiga teng, adolatli sharoit ta’minlangan. 

Rayner Riyenmyuller, tibbiyot fanlari doktori, professor (Avstriya): 

– Yigirma besh yilda O‘zbekistonda ko‘plab sohalar singari tibbiyot tizimi ham ancha rivojlandi. Bunga nafaqat shaharlarda, balki qishloqlarda ham aholiga yaratilgan tibbiy xizmatlar misolida ko‘p shohid bo‘lganman. 

Evropaning ko‘pgina davlatlarida aholining 40-50 foizi saylov jarayonlarida ishtirok etadi. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 90 foizdan kam bo‘lmasligiga ishonaman. Xalqingizning birdamligi, siyosiy faolligi e’tiborga molikdir. 

Magdi Muhammad Morsi, Misr-O‘zbekiston do‘stlik jamiyati raisi: 

– Saylov – nafaqat bugun, balki kelajak uchun ham muhim siyosiy jarayon. O‘zbekiston yoshlari, birinchi marta saylovda ishtirok etayotganlarning o‘z kelajagi uchun mas’uliyatni chuqur his etayotganidan quvondik. Ko‘plab davlatlarda hanuz yechimini kutayotgan ayollarning siyosiy jarayonlardagi ishtiroki masalasi O‘zbekistonda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borilayotgan saylov jarayonlari aholining birinchi manbadan to‘la va xolis axborot olishini ta’minlamoqda. Bularning barchasi O‘zbekiston Prezidenti saylovining yuksak saviyada o‘tishiga xizmat qiladi. 

Поделиться