O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston o‘zi tanlagan yo‘ldan sobit bormoqda

2016-12-03 | Saylov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish uchun yurtimizga kelgan xalqaro kuzatuvchilar Buxoroda bo‘lib, saylov uchastkalari faoliyati bilan tanishmoqda.

Diter Brandenburger, Germaniya – O‘zbekiston do‘stlik jamiyati vitse-prezidenti: 

– Asli kasbim quruvchi bo‘lganidan Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatidagi yirik qurilish obyektlarida xorijiy tashkilot vakili sifatida ishtirok etganman. Xalqaro kuzatuvchi maqomida yurtingizga ikkinchi bor kelishim. O‘zbekistonning xalqaro huquq normalariga to‘la mos keladigan milliy saylov qonunchiligi shakllangan. Uning Germaniya saylov tizimi bilan umumiy o‘xshash jihatlari ko‘p. Masalan, saylovchi siyosiy partiyalar dasturi bilan tanishgan holda, o‘zi tanlagan nomzod uchun emin-erkin ovoz beradi. O‘zbekiston saylov qonunchiligidagi ovoz berish jarayonida siyosiy partiyalar kuzatuvchilari ishtirok etishi juda ma’qul ish. Bu ham oshkoralik va adolat tamoyillariga mos. Ovoz berish tugagandan so‘ng byulletenlarning kuzatuvchilar ishtirokida qo‘lda sanab chiqilishi ham e’tiborli tajriba. Bu o‘rinsiz e’tirozlar kelib chiqishining oldini oladi. 

O‘zbekiston har tomonlama barqaror rivojlanayotgan mamlakat. Toshkent shahri mustaqillik yillarida dunyoning yirik zamonaviy megapolislaridan biriga aylandi. Milliy me’morchilik an’analari mujassam zamonaviy bino va inshootlar kishini hayratga soladi. Bunday bunyodkorlik ishlari ko‘lamini mamlakatning barcha hududlarida kuzatish mumkin. 

O‘zbekistonda o‘ta zamonaviy transport infratuzilmasi shakllanganini ham aytishim kerak. Bu yil Toshkent – Buxoro yo‘nalishida “Afrosiyob” tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilganidan, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham ana shunday zamonaviy qulaylik yaratilganidan xabardorman. Bilasizmi, Yevropaning ayrim rivojlangan mamlakatlarida ham bunga havas bilan qarashadi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. 

Qadimiy va boy tarixga ega xalq Birinchi Prezident Islom Karimov ishini munosib davom ettiradigan Prezidentni saylashiga qat’iy ishonaman. 

 
 

Поделиться