O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Saylov yuqori saviyada o‘tadi

2016-12-03 | Saylov

Yoel Razvozov, Isroil parlamenti (Knesset) deputati:  

– O‘zbekiston xalqi, ayniqsa, yoshlariga har qancha havas qilsa arziydi. Dunyoning eng nufuzli olimpiada hamda paralimpiada o‘yinlarida sportchilaringiz qo‘lga kiritgan medallar ham bu sohaga bo‘lgan katta e’tiborning natijasidir. Bu yerga kelib taassurotlarim yanada boyidi. 

Barcha birdek saylovga katta qiziqish va ishtiyoq bilan qarayotganiga guvoh bo‘ldim. Saylov uchastkalarida saylovchilarga barcha shart-sharoit, yosh bolali ayollar, nogironlarga qulayliklar yaratilgan. Saylovda birinchi marta ishtirok etadigan yoshlarga alohida e’tibor  berilmoqda.  

Xayns Vissling, O‘zbekiston – Shveytsariya savdo-sanoat palatasi vitse-prezidenti: 

– O‘zbekiston o‘zining tarixi, madaniyati bilan dunyoga mashhur. Endilikda ishlab chiqarayotgan mahsulotlari bilan jahon bozoriga kirib bormoqda. Mamlakatda tadbirkorlik, kichik biznesning rivoji iqtisodiy barqarorlikka, bu o‘z navbatida, ijtimoiy-siyosiy rivojlanishga yo‘l ochayotir. Saylov jarayonini kuzatib, aholining huquqiy ongi va madaniyati yuksalganiga, O‘zbekiston kelajagiga ishonishiga amin bo‘ldim. 

Seydaxmed Quttiqadam, «Mыsl» ijtimoiy-siyosiy jurnali bosh muharriri (Qozog‘iston): 

– O‘zbekiston dunyoga sivilizatsiyaning beshigi sifatida ma’lum. Xalqlarimiz azaldan yaqin qo‘shni sifatida ahil-inoq yashab kelgan. O‘zbekiston bugun ulkan tarixiy voqelik oldida turibdi. Saylovning yuqori saviyada, demokratik asosda o‘tishi pirovardida nafaqat mamlakatingiz, balki mintaqamiz barqarorligi ta’minlanishi, xavfsizligi saqlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. 

Bu yo‘nalishda katta tajriba to‘plagan davlatingiz saylovni yorug‘ yuz bilan o‘tkazishiga ishonaman. Saylov natijasi mintaqamizda o‘zaro do‘stlik-birodarlik, savdo-iqtisodiy munosabatlar yanada samarali bo‘lishi, mustahkamlanishiga xizmat qilishidan manfaatdormiz. 

Joze Klaudio Markes, huquqshunos (Braziliya): 

– O‘zbekiston mustaqillikka erishishi bilan o‘z oldiga demokratik huquqiy davlat qurishni maqsad qilib qo‘ydi. O‘tgan vaqtda bu yo‘nalishda ulkan yutuqlarga erishdi. Mamlakatingizda fuqarolarning barcha, xususan, saylov huquqlari kafolatlari yaratilgan. Bu boradagi O‘zbekiston tajribasini boshqa davlatlarga o‘rnak qilib ko‘rsatsa arziydi. 

O‘zbekiston saylov tizimining mustaqilligi, xususan, Markaziy saylov komissiyasining davlat organlaridan mustaqil ravishda faoliyat olib borishi ijobiy holat. Bu saylovni eng yuqori demokratik talablar asosida tashkil etish va o‘tkazishning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. 

Fumixiko Kato, «Petroleum commercial» milliy assotsiatsiyasi prezidenti maslahatchisi (Yaponiya): 

– Men yaqindagina O‘zbekistondagi elchilik faoliyatimni yakunlab, Yaponiyaga qaytgan edim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida kuzatuvchi sifatida yana ushbu qadrdon diyorga kelganimdan mamnunman. 

Birinchi Prezidentingiz Islom Karimov tashabbusi bilan O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida do‘stona aloqalar mustahkamlandi. Mamlakatlarimiz o‘rtasida turli sohalarda, ayniqsa, madaniy, iqtisodiy, sayyohlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarildi. 

Prezident saylovi O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov asos solgan huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lidagi islohotlarni izchil davom ettirish, xalqaro aloqalarni kengaytirish, O‘zbekistonning taraqqiyotini yanada yuksaltirishda muhim o‘rin tutadi, degan umiddamiz. 

O‘zbekiston mustaqillik yillarida saylovlarni milliy va xalqaro andozalarga mos tarzda tashkil etish bo‘yicha katta tajriba orttirdi. Saylovlarni ko‘ppartiyaviylik asosida, ochiqlik, oshkoralik, demokratiya ruhida o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Saylov tadbirlarining davlat tomonidan moliyalashtirilishi bu jarayonda qonunbuzilishlarining oldini olish, har bir saylovchining o‘z huquqidan to‘liq foydalanishini ta’minlash, adolat ustuvorligiga erishishga xizmat qiladi. 

 

Поделиться