O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘rgansa arzigulik tajriba

2016-12-03 | Saylov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Prezident saylovini kuzatish uchun mamlakatimizga kelgan xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Oliy Majlis quyi palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi To‘lqin Eshnazarov Fransiya Senatining “Fransiya – Markaziy Osiyo” parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi Iv Pozzo di Borgo hamda Senat a’zosi Andre Rishar bilan muloqot chog‘ida O‘zbekistonda saylov qonunchiligini yanada takomillashtirish borasida qilinayotgan izchil ishlar, deputatlarning qonun ijodkorligi jarayoni, mamlakatimiz hayotida parlamentning oshib borayotgan mavqei haqida so‘zlab berdi. 

– Mamlakatlarimiz o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlik rivojlanib bormoqda, – deydi Iv Pozzo di Borgo. –  O‘zbekiston Prezidenti saylovi  jarayonida dunyoning o‘nlab davlatlari, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etayotgani e’tiborga molik. Ushbu muhim voqeada aholining barcha qatlamlari qatnashishi uchun yetarli sharoit yaratilgan. O‘zbekistonning bu tajribasini xalqaro miqyosda o‘rgansa arziydi.  

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisi Avaz Jalilov Yevropa parlamenti deputati, “O‘zbekiston – Evropa Ittifoqi” parlament hamkorligi qo‘mitasi hamraisi Iveta Grigule xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur qo‘mita a’zosi Koreya Respublikasi milliy assambleyasi deputati Chon Chjon Sop bilan muloqotda bo‘ldi. 

Muloqotlarda aholi farovonligi, fuqarolar faolligi, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda erishilgan yutuqlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarning natijalari ekanligi va bu bugun jahon hamjamiyati tomonidan yuqori baholanayotgani ta’kidlandi. 

Поделиться