O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oliy Majlis Senatida uchrashuv
2016-12-03 | Saylov
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida 2016-yil 3-dekabr kuni Fransiya Senatining “Fransiya – Markaziy Osiyo” parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi Iv Pozzo di Borgo hamda Senat a’zosi Andre Rishar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Oliy Majlis Senatining Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi raisi S.Safoyev bilan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Fransiya hamkorligi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda izchil rivojlanib borayotgani alohida ta’kidlandi.
Fransiya parlamenti a’zolari O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan va bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan taraqqiyotning “o‘zbek modeli” mamlakatning barqaror rivojlanishida muhim asos bo‘layotganini alohida ta’kidladi. O‘zbekistonning tinchlikparvar siyosatini, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Fransiya parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, saylov tizimi, bu boradagi o‘zgarish va yangiliklar, qonun ijodkorligi bo‘yicha tajriba almashishga doir masalalar muhokama etildi.