O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
TIVda uchrashuv
2016-12-02 | Saylov
2016-yilning 2-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidentining navbatdan tashqari saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan AQSh va Kanadaning Buxoro yahudiylari kongressi prezidenti Boris Kandovni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-AQSh munosabatlari doirasida O‘zbekiston hamda AQSh va Kanadaning Buxoro yahudiylari kongressi o‘rtasida madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.