O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Rossiya Parlamenti yuqori palatasi delegatsiyasi bilan uchrashuv
2016-12-02 | Saylov
2016-yilning 2-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi o‘rinbosari Ilyas Umaxanov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan mamlakatimizga tashrif buyurgan delegatsiya tarkibida senatorlar Vladimir Djabarov, Mixail Kozlov, Sergey Lisovskiy va Dmitriy Mezensev bor.
Rossiya delegatsiya a’zolari O‘zbekiston Prezidentining navbatdan tashqari saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida hududlarga tashrif buyurish to‘g‘risidagi rejalarini o‘rtoqlashdilar.
Muloqot davomida dolzarb O‘zbekiston-Rossiya kun tartibi nuqtayi nazaridan parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari ham muhokama qilindi.
Uchrashuvda Rossiya elchisi Vladimir Tyurdenev ishtirok etdi.