O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turkiya Prezidentiga hamdardlik bildirildi
2016-12-01 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘onga 2016-yil 29-noyabr kuni Adana shahridagi qizlar maktab-internatida yuz bergan fojiaviy hodisa – yong‘in natijasida ko‘plab insonlarning halok bo‘lishi munosabati bilan samimiy ta’ziya izhor etilgan maktub yo‘lladi.
Maktubda halok bo‘lganlarning va jarohat olganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik va dalda so‘zlari izhor qilindi.