O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Zamonaviy saylov tizimi: O‘zbekiston tajribasi

2016-12-01 | Saylov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish uchun xorijiy jurnalistlar, saylov jarayonini kuzatish maqsadida xalqaro kuzatuvchilar kelmoqda.

O‘zA muxbiri ularning ayrimlari bilan mamlakatimiz saylov tizimi, Prezident sayloviga tayyorgarlik jarayoni haqida suhbatlashdi. 

Nikolay Levichev, Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi: 

– Dunyoning ko‘plab davlatlarida saylov jarayonlarini kuzatganman. O‘zbekistondagi siyosiy partiyalar orasidagi sog‘lom raqobat muhiti, o‘zaro hamjihatlik, birdamlik, saylovda ovoz berish tartibi, ulardan farqli ravishda, muayyan afzalliklarga ega. Saylov uchastkasida tashkil etilgan tibbiyot xonasi, ota-onalar ovoz berayotganda ularning farzandlari ona va bola xonalarida mutaxassislar qarovida bo‘lishi – bular e’tiborga molik tajribalar. 

O‘zbekistondagi tinchlik va osoyishtalik, barqarorlik va hamjihatlik muhitiga har qancha havas qilsa arziydi. Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik taraqqiy etib, barcha sohada rivojlanishiga ishonamiz. 

Osman Go‘kmen, TRT telekanalining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari (Turkiya): 

– 2005-yildan buyon O‘zbekistonda faoliyat yuritaman. Saylov jarayonlarini kuzatganman. «Press klub: Saylov.uz – 2016» press-klubining tashkil etilishi xorijiy jurnalistlar, xalqaro kuzatuvchilar, ekspertlar ishini yanada yengillashtirdi. Qarang, press-klubda bir paytning o‘zida qancha telekanal ko‘rsatuvlarini kuzatish mumkin. U haqiqiy axborot makoniga aylangan. 

Turkiya telekanallarida har kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish, uni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish, saylov uchastkalaridagi zamonaviy shart-sharoitlar borasida lavhalar berib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilgan demokratik tamoyillarning amaldagi yana bir ifodasi bo‘ladi. 

Li Yaaoyuanya, Xitoyning "Szinszi Jibao" gazetasi maxsus muxbiri: 

– O‘zbekiston Prezidenti sayloviga 600 ga yaqin xalqaro kuzatuvchi va jurnalistlarning kelayotgani bejiz emas. Bu mamlakatingizning nufuzi yildan-yilga yuksalib, taraqqiy etayotganidan, axborot tizimi, media sohasi rivojlanib, iqtisodiy yuksalayotganidan dalolatdir. Biz jurnalist sifatida O‘zbekistondagi ommaviy axborot vositalari tizimining mukammal faoliyat yuritayotgani, xabarlar tezkor, ishonchli, sifatli tashkil etilayotgani, nodavlat teleradiokanallari faollashganidan xursandmiz. 

Dmitriy Povarov, "Rossiya segodnya" axborot agentligi maxsus muxbiri: 

– O‘zbekistonda turizm sohasi jadal rivoj topmoqda. O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng rivojlangan, qadimiy obidalari, osori-atiqalari, tarixiy shaharlari bilan dunyoga mashhur mamlakat sanaladi. Men Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarida bo‘lganman. O‘zbekistonda Prezident saylovi qonun doirasida o‘tishiga ishonaman. Saylovda ishtirok eta olmaydigan bemorlar, qariyalarning uylariga saylov qutilari olib borilishi, O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalarida saylov uchastkalari tuzilgani har bir fuqaroga o‘z huquqidan to‘la foydalanish imkonini beradi. 

Поделиться