O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
BMT YIK Ijrochi kotibi bilan uchrashuv
2016-11-30 | Siyosat
2016-yilning 28-30-noyabr kunlari Ikkinchi Budapesht suv sammitida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Budapesht shahrida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YIK) Ijrochi kotibi Kristian Bah bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida BMT YIKning 1992-yildagi Transchegaraviy suv oqimlarni va xalqaro ko‘llarni himoya qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi Konvensiya doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston delegatsiyasi K.Bahni 2013-2016-yillarda Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasida O‘zbekiston raisligi davrida erishilgan natijalari bilan tanishtirdi.
K.Bah samarali hamkorlikni ijobiy baholadi va BMT YIK Konvensiyasi doirasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarning yanada rivojlanishiga ishonch bildirdi.